Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-fevral kuni aviatsiya sohasidagi davlat korxonalari transformatsiyasi boʻyicha taqdimot bilan tanishdi
Taqdimotda “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatida transformatsiya jarayonlarini tezlashtirish, xizmat turlari va daromadni koʻpaytirish boʻyicha joriy yilgi rejalar bayon qilindi.
Buxoro, Namangan, Urganch va Andijon aeroportlari xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilinadi. Joriy yilda reyslar soni 20 foizga oshiriladi.
Sohada xarajatlarni 20 foizga qisqartirish choralari koʻriladi. Yoqilgʻi sarfi yuqori boʻlgan eski samolyotlar sotilib, zamonaviy va tejamkor havo kemalari olib kelinadi. 72 ta yoʻnalish boʻyicha optimal parvozlar marshrutini tanlash orqali yoqilgʻi sarfi sezilarli kamaytiriladi. Foydalanilmayotgan va daromad keltirmayotgan aktivlar sotuvga chiqariladi.
Mutasaddilarga xarajatlarni qisqartirish dasturini tasdiqlab, xizmatlar raqobatdoshligini oshirish, xususiy sheriklik loyihalarini tezlashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Aeroportlarda qoʻshimcha xizmatlarni koʻpaytirish, Navoiy aeroportida samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatishni rivojlantirib, uning salohiyatini toʻliq ishga solish zarurligi taʼkidlandi.
22 Feb, 2024