“Uzbekistan Airports“ kompaniyasi tadbirkorlar bilan har kunlik uchrashuvlarni yo‘lga qo‘yadi
Biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni rivojlantirish hamda tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish maqsadida 15-maydan 15-avgustgacha O‘zbekiston aeroportlari tizimida tadbirkorlar bilan har kunlik uchrashuvlar tashkil etiladi.
Uchrashuvlar har kuni soat 11:00 dan 12:00 gacha Uzbekistan Airports boshqaruv kompaniyasida hamda O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida bo‘lib o‘tadi. Boshqaruv kompaniyasida tadbirkorlarni Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari qabul qiladi.
Xalqaro aeroportlarda uchrashuvlar aeroport direktorları va mas’ul mansabdor shaxslar ishtirokida quyidagi manzillarda tashkil etiladi:
📍 “Uzbekistan Airports“ boshqaruv kompaniyasi (Toshkent) — Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti, Toshkent-3 mahalliy aviaqatnovlar terminali, 2-qavat, muzokaralar xonasi / +998555014555 (45-16, 47-39).
📍 “Toshkent” xalqaro aeroporti — Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti, Toshkent-2 xalqaro aviaqatnovlar jo‘nab ketish terminali, 3-qavat, muzokaralar xonasi / +998555014747 (18-07).
📍 “Buxoro” xalqaro aeroporti — ma’muriy binodagi mehmonxona zali / +998652289090.
📍 “Farg‘ona” xalqaro aeroporti — aerovokzal majmuasining CIP zali, 1-qavat / +998732416003.
📍 “Namangan” xalqaro aeroporti — rasmiy delegatsiyalarni qabul qilish zali / +998782230132 (70-12).
📍 “Andijon” xalqaro aeroporti — rasmiy delegatsiyalarni qabul qilish zali / +998742284810.
📍 “Nukus” xalqaro aeroporti — ma’muriy bino, majlislar zali / +998787800679 (94-62, 95-79).
📍 “Qarshi” xalqaro aeroporti — ma’naviy-ma’rifiy ishlar zali / +998752285782.
📍 “Samarqand” xalqaro aeroporti — aeroport ma’muriy binosi, 2-qavat, majlislar zali / +998555014749 (77-09).
📍 “Termiz” xalqaro aeroporti — aeroport ma’muriy binosi / +998762290001.
📍 “Urganch” xalqaro aeroporti — aeroport ma’muriy binosi, 2-qavat, majlislar zali / +998622245952; +998622245951.
📍 “Navoiy” xalqaro aeroporti — aeroport ma’muriy binosi / +998795393870.
Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar aeroport infratuzilmasi faoliyati, xizmatlar, tijoriy hamkorlik hamda boshqa hamkorlik yo‘nalishlariga oid savollar, takliflar va tashabbuslar bilan bevosita murojaat qilishlari mumkin.
15 May, 2026