Clinics and Pharmacies

Toshkent aeroportida ilk bor kitob do‘koni ochildi

Endilikda parvozini kutayotgan yo‘lovchilar vaqtini nafaqat xaridlar yoki bir finjon qahva bilan mazmunli o‘tkazishi, balki safar uchun qiziqarli kitob ham tanlashi mumkin. "ZioMir" kompaniyasi tomonidan ochilgan yangi Khamsa Bookstore Toshkent xalqaro aeroportidagi ilk kitob maskaniga aylandi.

Bu yerda o‘zbek adabiyoti durdonalari, rus va ingliz tillaridagi mashhur jahon bestsellerlari, shuningdek, kichik sayohatchilar uchun bolalar kitoblari hamda kanselyariya mahsulotlarining keng assortimenti jamlangan.

Yangi kitob maskani Art Bazar savdo hududida, uchish oldidan kutish zonasida joylashgan bo‘lib, tun-u kun faoliyat yuritadi. Endi parvoz oldidan o‘zingizga yoqqan kitobni tanlab, safaringizni yanada maroqli taassurotlar bilan boshlashingiz mumkin.

13 May, 2026