"Uzbekistan Airports" xodimlari “Men G‘olib Run” vatanparvarlik marafonida ishtirok etdilar
10-may kuni O‘zbekistonning 14 ta shahrida Vatan himoyachilari xotirasiga bag‘ishlangan “Men G‘olib Run” ommaviy vatanparvarlik yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport tadbirida qariyb 40 ming nafar ishtirokchi, jumladan "Uzbekistan Airports"ning 12 nafar xodimi qatnashdi.
Marafon ishtirokchilari 3 va 10 kilometr masofalarda o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yugurish nafaqat sport musobaqasi, balki sport, vatanparvarlik va yurt himoyachilarining jasoratiga bo‘lgan hurmatni mujassam etgan tadbirga aylandi.
Tadbirning alohida qismi “Xotira maktublari devori” bo‘ldi. Ushbu interaktiv maydonda mehmonlar va ishtirokchilar urush yillaridagi front maktublari bilan tanishishlari hamda Vatan himoyachilariga minnatdorlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini yozib qoldirish imkoniga ega bo‘ldilar.
12 May, 2026