Toshkent aeroportida yana bir muzqaymoq kioski ochildi
Toshkent xalqaro aeroportida “Cono” brendi ostidagi ikkinchi jelateriya ishga tushdi. Muzqaymoq kioski kimoshdi savdolari orqali 12 kvadrat metr maydonni egallab, uchib kelish terminalining kutib oluvchilar uchun mo‘ljallangan hududida joylashdi.
Kiosk assortimentidan faqat turli xil ta’mdagi muzqaymoqlar o‘rin olgan. Mahsulotlar qatori doimiy ravishda yangilanib borishi rejalashtirilgan.
“Cono” — 2019-yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Italiyaning “Mondo” kafesiga qarashli shuba brenddir. Bu poytaxt aeroportidagi ikkinchi shoxobcha bo‘lib, birinchisi o‘tgan yilning noyabr oyida uchib ketish terminalida ochilgan edi.
18 May, 2026