O‘zbekiston aeroportlari biznes bilan muloqotni kengaytirmoqda: bir haftada tadbirkorlarning o‘ndan ortiq tashabbusi ko‘rib chiqildi
O‘tgan hafta mobaynida biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni rivojlantirish doirasida O‘zbekiston aeroportlarida tadbirkorlar bilan o‘ndan ziyod uchrashuv o‘tkazilib, ularda yangi biznes g‘oyalar bilan bir qatorda aeroportlardagi tadbirkorlik faoliyatiga oid amaliy masalalar ham muhokama qilindi.
Yuk tashish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar Toshkent aeroporti yuk terminali samaradorligini oshirish bo‘yicha yechimlarni, xususan, yuklarga xizmat ko‘rsatishni tezlashtirish maqsadida yuk terminalini qo‘shimcha texnik uskunalar bilan jihozlash taklif qilindi.
Biznes bilan muloqot hududlarda ham faol davom etmoqda. Xususan, Namanganda xalqaro yuk logistikasini rivojlantirish va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar, Termizda xalqaro reyslarga umumiy ovqatlanish xizmatini tashkil etish, Farg‘onada esa aeroportning tijorat maydonlaridan elektron savdolar mexanizmi orqali foydalanish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvlarda yangi loyihalardan tashqari, tijorat binolari ijarasi, ijarachilar uchun sharoitlar, xizmatlarni rivojlantirish va hamkorlar uchun infratuzilmani yaxshilash kabi joriy ishchi masalalar ham ko‘tarildi. Bunday ochiq muloqot shakli nafaqat tadbirkorlar masalalarini tezkor hal etishga, balki investitsiyalarni jalb qilishdan tortib, yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘yish va biznes bilan hamkorlikni kengaytirishgacha bo‘lgan aeroportlar uchun yangi o‘sish nuqtalarini shakllantirishga yordam beradi.
22 May, 2026