Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoatchilik vakillarini ochiq muloqotga taklif qiladi

2026-yil 26-may kuni Nukus xalqaro aeroportida “Uzbekistan Airports” kompaniyasi boshqaruvi raisining operatsion faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining Sayyor qabuli bo'lib o'tadi.

Sayyor qabulda aeroport faoliyatiga doir fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqiladi hamda aeroport tizimidagi o‘zgarishlar va aeroport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari haqida jamoatchilikka axborot beriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar aeroport faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha murojaat etishlari mumkin.

📅 Sana: 26.05.2026

🕒 Vaqti: 09:30 – 11:30

📍 Manzil: Nukus xalqaro aeroporti

Sayyor qabulda ishtirok etish niyatida bo'lgan OAV vakillari “Uzbekistan Airports” kompaniyasining Matbuot xizmatiga pr@uzairports.com elektron manzili yoki +998 55 501 45 55 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

19 May, 2026