Clinics and Pharmacies

Toshkent aeroportida “Safia” tarmog‘ining ikkinchi qahvaxonasi ochildi

Toshkent xalqaro aeroportida “Safia” tarmog‘ining ikkinchi qahvaxonasi ish boshladi. Yangi shoxobcha ro‘yxatdan o‘tish hududining ikkinchi qavatida, kapsulali mehmonxona yonida joylashgan bo‘lib, yo‘lovchilar va aeroport mehmonlari uchun parvozdan oldin tamaddi qilib olish yoki qahva ichish mumkin bo‘lgan yana bir qulay maskanga aylandi.

Kompaniya qahvaxonani joylashtirish huquqini “E-auksion” elektron savdo maydonchasida o‘tkazilgan ochiq kimoshdi savdolari yakunida qo‘lga kiritdi. Yangi obyekt 16 kvadrat metr maydonni egallaydi. Assortimentdan yangi pishiriqlar va kruassanlar, sendvich hamda salatlar, firma desertlari va shirinliklari, shuningdek, issiq va salqin ichimliklar o‘rin olgan.

Bu – “Safia”ning Toshkent aeroporti hududidagi ikkinchi shoxobchasidir. Tarmoqning birinchi qahvaxonasi kompaniya tijorat maydonini ijaraga olish huquqi bo‘yicha kimoshdi savdosida g‘olib bo‘lgach, 2023-yilda xalqaro terminalning steril hududida ochilgan edi. Bu vaqt mobaynida brend pishiriqlar, desertlar va qahvali ichimliklarning keng tanlovi tufayli yo‘lovchilar orasida shuhrat qozonishga ulgurdi.

09 Jun, 2026