Clinics and Pharmacies

Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilatdir.

Bugun “Uzbekistan Airports” AJ xodimlari 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan fuqaro aviatsiyasi sohasida uzoq yillar xizmat qilgan, hozirgi vaqtda nafaqada bo‘lgan bir qator faxriy onaxonlar uylariga tashrif buyurib, keksalik gashtini surayotganlar holidan xabar oldilar. Faxriylarimiz bugungi kunda davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ehtirom, ayniqsa keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibordan mamnunliklarini bildirishdi.

07 Mar, 2024