Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi xodimlari Transportchilar bog‘ini obodonlashtirish ishlarida ishtirok etdi

Dam olish kunlari "Uzbekistan Airports" hamda Toshkent xalqaro aeroporti xodimlari Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan Transportchilar bog‘ida tashkil etilgan hasharda ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar avval ekilgan daraxtlarni parvarishlash, sug‘orish, hududni begona o‘tlardan tozalash hamda yashil maydonlarni asrash va rivojlantirishga qaratilgan boshqa obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi.

Bunday ekologik aksiyalar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga munosib hissa qo‘shib, atrof-muhitni asrash va yurtimizni yanada yashil hamda obod qilishga xizmat qiladi.

14 Jun, 2026