Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" aksiyadorlik jamiyati Namangan viloyati jamoatchilik vakillarini ochiq muloqotga taklif qiladi

2026-yil 23-iyun kuni Namangan xalqaro aeroportida “Uzbekistan Airports” AJ rahbariyati ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Sayyor qabulda aeroport faoliyatiga doir fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqiladi hamda aeroport tizimidagi o‘zgarishlar va aeroport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari haqida jamoatchilikka axborot beriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar aeroport faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha murojaat etishlari mumkin.

📅 Sana: 23.06.2026

🕒 Vaqti: 10:00 – 13:00

📍 Manzil: Namangan xalqaro aeroporti

Sayyor qabulda ishtirok etish niyatida bo'lgan OAV vakillari “Uzbekistan Airports” kompaniyasining Matbuot xizmatiga pr@uzairports.com elektron manzili yoki +998 55 501 45 55 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

16 Jun, 2026