Toshkent aeroportida O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini jonli efirda namoyish etildi
Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilar va xodimlar uchun futbol bo‘yicha jahon chempionati doirasidagi O‘zbekiston hamda Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning jonli translyatsiyasi tashkil etildi.
Translyatsiya aeroportning bir nechta maydonchasida — mahalliy aviaqatnovlar terminalida, shuningdek, xalqaro terminalning uchib kelish va uchib ketish zallarida olib borildi. Milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga nafaqat o‘z reyslarini kutayotgan yo‘lovchilar, balki ish smenasida bo‘lgan aeroport xodimlari ham ega bo‘ldilar.
Uchrashuv muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi: tomoshabinlar o‘yinni real vaqt rejimida kuzatib, O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlab turdilar va yilning eng muhim sport voqealaridan biriga xos hissiyotlarni o‘zaro baham ko‘rdilar.
1:3 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramay, jamoamiz munosib o‘yin ko‘rsatdi va muxlislarga bir necha bor yorqin lahzalarni his etish imkonini berdi. Jamoani qo‘llab-quvvatlash davom etmoqda, oldinda esa yangi o‘yinlar va jahon birinchiligida o‘zini ko‘rsatish uchun yangi imkoniyatlar kutib turibdi.
18 Jun, 2026