Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi xodimalari Ayollar sport olimpiadasida ishtirok etdi

15-iyun kuni Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tashabbusi bilan tashkil etilgan Ayollar sport olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda "Uzbekistan Airports" kompaniyasining xodimalari ham ishtirok etib, mamlakatning turli hududlaridan kelgan ayollarni birlashtirgan yirik sport tadbiriga qo‘shildi. Tadbir doirasida ommaviy ertalabki badantarbiya mashg‘uloti hamda «Besh ming qadam» marafoni tashkil etildi.

Jamoa uchun bu nafaqat sport tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, balki faol hayot tarzi, hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini his etish imkoniyatini yaratadi.

"Uzbekistan Airports"da korporativ madaniyatni rivojlantirish, xodimlarning sog‘lom va faol turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

16 Jun, 2026