Clinics and Pharmacies

Uzbekistan Airports ona va bola xonalarini brendlash loyihasini boshlamoqda

Uzbekistan Airports mamlakat aeroportlarida joylashgan ona va bola xonalarini brendlash bo‘yicha loyihasini ishga tushirmoqda. Loyihada bolalar oziq-ovqatlari, gigiyena vositalari, kiyim-kechak, o‘yinchoqlar, bolalar kosmetikasi ishlab chiqaruvchilari, ta’lim muassasalari va rivojlantiruvchi xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalar, shuningdek, mahsulot va xizmatlari bolalar hamda farzandli oilalarga mo‘ljallangan boshqa tashkilotlar ishtirok etishga taklif etiladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonning barcha aeroportlarida ona va bola xonalari faoliyat yuritmoqda. Ushbu xonalar maktabgacha yoshdagi bolalari hamda 14 yoshgacha bo‘lgan sog‘ligida cheklovlari bo‘lgan bolalari bor ota-onalar uchun mo‘ljallangan, parvoz oldidan dam olish, bolani ovqatlantirish va parvarish qilish uchun qulay sharoitlarni ta’minlaydi.

Loyiha hamkorlikning turli shakllarini nazarda tutadi: xonalarni to‘liq yoki qisman brendlash, zarur mebel va texnika bilan jihozlash, bolalar parvarishi uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni joylashtirish, shuningdek, integratsiyaning boshqa imkoniyatlari.

Kompaniyalar uchun bu farzandli oilalar uchun qulay muhit yaratishga hissa qo‘shish va millionlab kichik yo‘lovchilarning safar jarayonining bir qismiga aylanish imkoniyatidir.

Loyihada ishtirok etishdan manfaatdor kompaniyalar hamkorlik imkoniyatlari va formatlarini muhokama qilish uchun Uzbekistan Airports kompaniyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Hamkorlik masalalari bo‘yicha:

📞 +998 99 709 00 00

📧 s.imamov@uzairports.com

22 Jul, 2026