Uzbekistan Airports OAV vakillarini Andijon xalqaro aeroportiga press-turga taklif etadi
2026-yil 17-avgust kuni “Uzbekistan Airports” AJ ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Andijon xalqaro aeroportiga press-tur tashkil etadi.
Press-tur doirasida jurnalistlar yangi yo‘lovchi terminalini qurish loyihasining amalga oshirilishi, qurilish ishlarining joriy bosqichi hamda aeroport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan yechimlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
OAV vakillari amalga oshirilayotgan ishlarni bevosita joyida ko‘zdan kechirishlari, loyiha bo‘yicha dolzarb ma’lumotlarni olishlari, mas’ul mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari, shuningdek, foto va videotasvirga olishlari mumkin.
📅 Sana: 2026-yil 17-avgust
📌 Manzil: Andijon xalqaro aeroporti
Press-turda ishtirok etish istagida bo‘lgan OAV vakillari 2026-yil 14-avgustga qadar Uzbekistan Airports matbuot xizmatiga pr@uzairports.com elektron pochta manzili yoki +998 55 501 45 55 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.
10 Aug, 2026