Aviatsiyada 40 yildan ortiq: Urganch aeroporti xodimi “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi
Urganch xalqaro aeroportining parvozlarni yoritish-texnikaviy va elektrotexnikaviy ta'minlash xizmati boshlig'i Eshchonboy Qalandarov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. "Uzbekistan Airports" kompaniyasi xodimi mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-avgustdagi Farmoni bilan ushbu davlat mukofotiga loyiq ko'rildi.
Eshchonboy Qalandarov fuqaro aviatsiyasiga 40 yildan ortiq umrini bag'ishladi. Uning mehnat yo'li 1984-yilda Urganch birlashgan aviabo'linmasida boshlangan. U Slavyansk aviatsiya-texnika bilim yurtining yosh bitiruvchisi bo'lib, bu yerga parvozlarni yoritish-texnikaviy ta'minlash xizmatiga stajyor sifatida kelgan edi. Ish faoliyati davomida u elektromexanikdan oliy toifali muhandisgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi, shundan so'ng aeroportning yoritish-texnikaviy va elektrotexnikaviy ta'minotiga mas'ul bo'lgan xizmatga rahbarlik qila boshladi.
Ushbu to'rt o'n yillik ortida minglab navbatchiliklar hamda yo'lovchilarga ko'pincha sezilmaydigan, ammo aeroportning xavfsizligi va uzluksiz ishlashiga bevosita bog'liq bo'lgan kundalik mashaqqatli mehnat yotibdi. “Mehnat shuhrati” ordeni Eshchonboy Qalandarovning ko'p yillik kasbiy mehnati hamda O'zbekiston fuqaro aviatsiyasini rivojlantirishga qo'shgan hissasiga berilgan yuksak baho bo'ldi.
"Uzbekistan Airports" AJ jamoasi Eshchonboy G‘aniyevichni ushbu munosib davlat mukofoti bilan qutlaydi va unga mustahkam sog'lik, farovonlik va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qoladi!
27 Aug, 2026