Clinics and Pharmacies

“Toshkent” xalqaro aeroportida ishga joylashtirish bilan bog'liq firibgarlik holatlari sodir etilgani haqida ommaviy axborot vositalarida maʼlumotlar tarqaldi

Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan Airports” kompaniyasida nomzodlarni ishga olish bir necha bosqichlarni o'z ichiga olgan ochiq tanlov tizimi asosida amalga oshirilmoqda. Kompaniyada elektron tizim joriy etilgan va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Xodimlarni ishga olishda innovatsion yondashuv nafaqat shaffoflikni ta'minlaydi, balki ishga qabul qilish jarayonining samaradorligini oshiradi. Pul evaziga bo'sh ish o'rinlarini taklif qilayotgan firibgarlar tuzog'iga tushib qolish ehtimolini kamaytiradi.

Bugungi kunga qadar, elektron tizim orqali 191 ta bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkazilib, 100 dan ortiq yangi xodimlar muvaffaqiyatli ishga qabul qilindi. Biz talabgorlardan, uchinchi shaxslarning shubhali takliflarini qabul qilmaslikni, boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalardan olishlarini soʻraymiz.

Xususan, vacancyuzairports.uz elektron platformasida “Uzbekistan Airports” kompaniyasi tizimidagi joriy bo‘sh ish o‘rinlari joylashtirib borilmoqda.

15 Mar, 2024