Yashil makon — obod yurt ekologiyasining kelajagi!
Maʼlumki, ko‘chat ekish tadbirlarini tizimli va sifatli tashkil etish maqsadida, barcha vazirlik-idoralar, viloyat, tuman, mahalla hamda barcha ijtimoiy soha obyektlari kesimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga binoan manzilli dasturlar shakllantirildi.
Xususan, unga ko‘ra joylarda kuz-bahor mavsumida jami 17500 tup daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, Transport vazirligi tomonidan yashil makon umummilliy loyihasi doirasida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi tog‘ va tog‘ oldi hududlarida ko‘chat ekib bog‘ barpo etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taqsimotda "Uzbekistan Airports" AJga ajratilgan yer maydoniga ko‘chat ekilishi vazifasi topshirilgan.
Joriy yilning 17 mart kuni "Uzbekistan Airports" AJ tomonidan Bo‘stonliq tumanida yangi bodomzor bog‘i tashkil etilmoqda. Belgilangan yer maydoni hududida Burchimullo o‘rmon xo‘jaligi bilan shartnoma asosida 3000 to‘p daraxt ko‘chatlari ekilib, ularni parvarish qilish ishlari ham rejalashtirilmoqda.
Qurg‘oqchilikka chidamli va tog‘-o‘rmon melioratsiya ishlarida muhim rol o‘ynaydigan daraxtlar turlari ekilishi, yurtimiz ekologiyasi, atrof-muhit iqlimiga ijobiy taʼsir etishi shubhasizdir.
18 Mar, 2024