"Uzbekistan Airports" va Italiyaning "EU Wings" o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
2024-yil 26-mart kuni, Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan "MRO Central Asia" taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha konferensiya va koʻrgazma doirasida "Uzbekistan Airports" boshqaruv kompaniyasi va Italiyaning havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan "EU Wings Srl" kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik anglashuv memorandumi imzolandi.
Hujjat ikki kompaniya oʻrtasidagi hamkorlikning boshlanishi boʻldi. Memorandumga koʻra, tomonlar yaqin vaqt ichida “Navoiy” aeroportida havo kemalariga asosiy texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash, shuningdek, Oʻzbekistonning boshqa xalqaro aeroportlarida havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish bo'yicha qoʻshma korxona tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish rejalashtirilmoqda.
26 Mar, 2024