“Pobeda” aviakompaniyasi Moskvadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi 2024-yil 3-apreldan boshlab Moskva va Toshkentni muntazam yo‘lovchi qatnovlari bilan bog‘lashni rejalashtirmoqda.
Moskva – Toshkent – Moskva yoʻnalishi boʻyicha parvozlar har kuni "Boeing" 737-800 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda aviatashuvchi Moskva – Samarqand – Moskva, shuningdek, Sankt-Peterburg – Samarqand – Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha har kuni parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
"Pobeda" - Rossiyaning "Aeroflot - Rossiya havo yo'llari" guruhiga qarashli loukoster aviakompaniya, shtab-kvartirasi Vnukovo aeroportida(Moskva) joylashgan.
01 Apr, 2024