"Uzbekistan Airports" yoki O'zbekistondagi xalqaro aeroportlarga qanday ishga joylashish mumkin?
"Uzbekistan Airports" tomonidan vacancyuzairports.uz vakansiyalar ochiq portali ishga tushirilgan. “Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi, shuningdek, sho‘ba korxonalari – “UzPort” handling kompaniyasi va "UzCargo" pochta-yuk kompleksi va xalqaro aeroportlardagi joriy bo‘sh ish o‘rinlari barcha foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan elektron platformada joylashtirildi.
Platforma shaffof va to'liq avtomatlashtirilgan tarzda ishlaydi va barcha kiritilgan ma'lumotlar maxsus kompyuter dasturi orqali qayta ishlanadi.
Hozirda mavjud lavozimlar:
“Uzbekistan Airports” AJ da slotlar va jadvallarni rejalashtirish bo‘limi mutaxassisi;
Qarshi aeroportida feldsher;
Qarshi aeroportida shifokor.
"Uzbekistan Airports" bo‘sh ish o‘rinlari portalida vakansiyalar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz va ularga arizalarni topshirishingiz mumkin.
08 Apr, 2024