Hurmatli yo'lovchilar!
Aviakompaniyalar tomonidan o'rnatilgan qoidalarga muvofiq, quyidagilarga e'tibor qarating:
- Xalqaro reyslarga ro‘yxatdan o‘tish belgilangan jo‘nash vaqtidan 3 soat oldin boshlanadi.
- Xalqaro reyslar uchun ro'yxatdan o'tish reysning belgilangan jo'nash vaqtidan 40-60 daqiqa oldin tugaydi. Ro'yxatdan o'tishni tugatish vaqti aviakompaniya tomonidan belgilanadi.
* Shuningdek, Toshkent aeroportiga parvozlarni amalga oshiruvchi barcha aviakompaniyalar roʻyxati bilan eslatma mavjud.
- Ba'zi aviakompaniyalar tomonidan yo'lovchilarni onlayn ro'yxatdan o'tkazish imkoniyati yaratilgan. Ushbu imkoniyat haqida batafsil ma'lumotni aviatashuvchilarning rasmiy veb-saytlaridan olish mumkin.
Parvozdan oldin aeroportga kelishni rejalashtirayotganda, ro'yxatdan o'tish vaqtini hisobga olishingizni tavsiya qilamiz va barchaga yoqimli parvoz tilaymiz!
24 Apr, 2024