Clinics and Pharmacies

“Uzbekistan Airports” va “EU Wings” kompaniyasi Navoiyda qo‘shma korxona tashkil etish masalasini muhokama qildi

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi Italiyaning samolyotlarga texnik xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan "EU Wings Srl" kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib bordi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning mart oyida ikki kompaniya oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan boʻlib, unga koʻra tomonlar “Navoiy” aeroportida havo kemalariga asosiy texnik va taʼmirlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan, shuningdek, O‘zbekistonning boshqa xalqaro aeroportlarida havo kemalariga doimiy texnik xizmat ko‘rsatish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish masalasini ishlab chiqish niyatida.

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi “Navoiy” aeroportida havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha DXSh asosida qo‘shma korxona yaratish uchun xususiy hamkor qidirmoqda. Italiyaning "EU Wings" kompaniyasi ushbu loyihaga qiziqish bildirayotgan kompaniyalardan biridir. Yaqinda strategik transport uzelining imkoniyatlari va bunday korxonani tashkil etish shartlari bilan tanishish uchun potentsial hamkor uchun bevosita Navoiy aeroportiga tashrif uyushtirildi”, — deya izoh berdi "Uzbekistan Airports".

Yangi qoʻshma korxona nafaqat mahalliy aviakompaniyalarga tegishli boʻlgan har qanday modifikatsiyadagi samolyotlarga xizmat koʻrsatishi, balki xorijiy aviatashuvchilarning buyurtmalarini ham qabul qilishi mumkin boʻladi. Korxonaning quvvati bir vaqtning oʻzida bitta tor va ikkita keng fyuzelyajli samolyotlarda taʼmirlash ishlarini bajarish imkonini beradi. Kadrlar masalasida esa, xorijlik mutaxassislar bilan bir qatorda korxonaga 150 ga yaqin mahalliy mutaxassislar jalb etiladi.

26 Apr, 2024