Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi
Toshkent vaqti bilan soat 06:58 da “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining bortida futbol bo‘yicha 2024-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan yoshlar milliy terma jamoasi Dohadan (Qatar) kelgan samolyoti poytaxt aeroportiga qo‘ndi.
29-aprel kuni O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi yarim finalida Indoneziyani mag‘lub etdi. Finalda Yaponiya terma jamoasiga mag‘lub bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi va tarixda birinchi marta Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.
Jamoani Toshkent aeroportida rasmiy kutib olish marosimida mutasaddilar, sportchilar, murabbiylar, jamoa a’zolarining yaqinlari ishtirok etdi.
04 May, 2024