Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" 2024-yilning birinchi choragi yakunlarini sarhisob qildi

Joriy yilning birinchi choragida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan Oʻzbekiston aeroportlari asosiy koʻrsatkichlar – yoʻlovchi va yuklarni tashish, xizmat koʻrsatilgan reyslar soni boʻyicha qariyb 50%ga oʻsishni koʻrsatmoqda.

Jumladan, joriy yilning dastlabki uch oyida respublika xalqaro aeroportlari tomonidan 25 360 ta reysga xizmat koʻrsatilgan, shundan 8 022 tasi ichki, 17 338 tasi esa xalqaro yo‘nalishlarga toʻgʻri kelmoqda. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 40% tashkil etdi. Shuningdek, parvozlarning umumiy sonidan rezident aviakompaniyalar tomonidan 16 597 ta va norezident aviakompaniyalar tomonidan 8 763 ta reys amalga oshirildi.

Yanvar-mart oylari davomida O‘zbekiston aeroportlari 3 130 386 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Jumladan, ichki reyslarda 762 435 nafar, xalqaro reyslarda 2 367 951 nafar yo‘lovchi. 2023-yilning shu davriga nisbatan o‘sish 42% tashkil etdi.

Shuningdek, 2024-yilning birinchi choragida 17126 tonna yuk va pochta jo‘natmalariga xizmat ko‘rsatildi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 6% ga ko‘proq.

07 May, 2024